Jahon | 11:32 / 12.02.2016
4242
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning giyohvandlikka qarshi asosiy kurashchisi nasha iste'mol qilganini tan oldi

Ukraina IIV narkojinoyatchilikka qarshi kurash departamenti rahbari Ilya Kiva o‘zi ham giyohvand moddalar iste'mol qilib ko‘rganini tan oldi. Bu haqda u “Novoye vremya” nashri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

“Albatta, tatib ko‘rganman, - dedi u. – Hayotimda turlicha pallalar bo‘lgan. “O‘t” nimaligini bilaman, kokain qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida ham gapirib berishim mumkin”.

Shu bilan birga, ayni paytda u alkogol ham iste'mol qilmasligini ta'kidladi.