Jahon | 00:13 / 13.02.2016
5081
1 daqiqa o‘qiladi

Interpol Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berishdan bosh tortdi

Interpol Rossiyaning so‘roviga ko‘ra YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berishdan bosh tortdi. Bu haqda Interpolning Liondagi bosh qarorgohida TASS axborot agentligi ma'lum qilindi.

"Interpol bosh kotibiyati so‘rovni ko‘rib chiqqandan keyin, u tashkilot qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini aniqladi. Shu sababli Interpolning Moskvadagi milliy byurosi Interpol kanallari bu ish bo‘yicha xalqaro politsiya hamkorligini ishga sola olmasligi haqida xabardor qilindi", deb tushuntirildi bosh byuroda. Shuningdek, Interpolning Moskvadagi byurosi Xodorkovskiyning qidiruvga berilgani haqdagi ma'lumotni markaziy ofisni xabardor qilmay turib tashkilotning barcha a'zollariga tarqatib, Interpol nizomini buzgan.  

11 fevralda Interpolning Rossiyadagi milliy byurosi Nefteyugansk meri Vladimir Petuxovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berganini e'lon qilgandi.