Jamiyat | 01:31 / 14.02.2016
7198
1 daqiqa o‘qiladi

Pensilvaniya shtatida 50 dan ko‘proq mashina to‘qnashib ketdi

AQShning Pensilvaniya shtatidagi Frederiksburg shahri yaqinida 50 dan ko‘proq avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda trassa bo‘ylab harakat to‘liq to‘xtab qoldi, deb xabar bermoqda NBCNews.

AQSh transport vazirligi to‘qnashuvda qurbonlar borligini ma'lum qildi, biroq ularning soni haqida ma'lumot bermadi.

Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval AQSh ob-havo xizmati po‘rtana shamol bo‘lishidan ogohlantirgan. Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqtda shamol tezligi soatiga 30 milni tashkil qilgan bo‘lishi mumkin.