Jahon | 21:36 / 15.02.2016
15165
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida har yili 75 ming tonna guruch isrof qilinmoqda

Saudiya Arabistoni har yili o‘rtacha 75 ming tonna guruchni isrof qilyapti, chunki ko‘plab oilalarda zarur bo‘lganidan ortiq yegulik tayyorlanadi.

"Saudiya qirolligining sharqiy va markaziy mintaqalarida 16 million yegulik isrof qilinyapti va chiqindi qutilariga tashlanmoqda", deydi oziq-ovqatni tejashni rasmiy ravishda tarqatuvchi ta'lim vaziri Ahmad al-Harbi.

U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda har yili 1,3 trillion tonna oziq-ovqat isrof qilinyapti, Saudiya Arabistoni esa bu borada eng yomon ko‘rsatkichni qayd etadi.

Maktablar va boshqa muassasalarda o‘tkazilayotgan kampaniya oziq-ovqatni tejash va isrofgarchilik bilan bog‘liq odatlarga barham berishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arbistoni neftni eksport qilish bo‘yicha yirik mamlakat hisoblanadi, aholisining soni deyarli 30,5 millionni tashkil etadi, ulardan deyarli 10 millioni xorijliklar.