Jamiyat | 12:05 / 16.02.2016
5641
4 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik izlanuvchilar xalqaro vaqtlar aro tafovutdan voz kechishni taklif qildi

Vaqtlar aro tafovutlar yirik korxona, tashkilotlarga muammolar tug‘diradi. Dunyoning bir qismida ish soatlari tugasa, ikkinchi bir qismida endigina ish boshlashadi. Elektron maktublarga javoblar keyingi ish kuniga keladi.

Umumiy xalqaro majlislar uchun neytral hududni tanlashga to‘g‘ri keladi. Vaqti farq qiladigan boshqa joydan kelganlar “jyetlag”ga duch keladilar – organizm birmuncha “eski” vaqt bo‘yicha ”yashaydi”, bioritmlar buzilib, umumiy ahvolning yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Butun dunyoda vaqt umumjahon muvofiqlashtirilgan vaqt asosida hisoblanib, uning boshlang‘ich nuqtasi Grinvich meridianidir. Hozirgi vaqt tizimiga Buyuk Britaniyada temir yo‘llarning rivojlanishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, chunki undan avvalgi vaqt tizimi (quyosh asosida) poyezd jadvalida turli tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan.

Rossiyada 2014 yildan 11 soat mintaqasi o‘rnatilgan. Yakutiyaning o‘zida uch xil soat mintaqasi mavjud. Lekin barcha shaharlar poytaxt vaqti bilan ish ko‘rishga majbur bo‘ladilar.

Ba'zan yangi soat mintaqasini kiritish siyosiy ahamiyat ham kasb etadi. 2015 yilning avgustida Shimoliy Koreya Yaponiyadan ozod bo‘lganlarining 70 yilligi munosabati bilan mamlakat soat vaqtini yarim soat oldinga surib o‘z vaqt mintaqalarini tuzdilar.

Merilend shtati Jon Xopkins Universitetida dars beruvchi ikki izlanuvchi - iqtisodchi Stiv Xenk va fizik Richard Genri butun dunyoni yagona vaqt mintaqasiga o‘tkazish haqida tashabbus bildirishdi. Ularning fikricha, dunyoda soat mintaqasini asosan siyosiy maqsadlarda o‘zgartiriladi. Yagona soat mintaqasi tizimiga o‘tishga asosiy sabab esa: internet.

Internet maydon va vaqt tushunchalarini deyarli yo‘qqa chiqardi va bizni dunyo uchun bir xil vaqt tizimiga o‘tishimizga zamin yaratdi.

Medvedev Rossiya prezidenti bo‘lgan davrlarda mamlakatda vaqt tafovutlarini qisqartirishga uringan, lekin Gosduma to‘rt yildan so‘ng uning bu xarakatlarini rad etdi. Krizis davrida iqtisodiy maqsadlarda Indoneziya o‘zining uch soat mintaqalardan ikkitasidan voz kechib, yagona Singapur vaqtiga o‘tgan.

Lekin yagona soat mintaqasi o‘ziga yarasha noqulayliklar tug‘diradi. Butun dunyo odamlari o‘z odatlarini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri keladi. Nyu-Yorkda ertalab soat sakkizda yorug‘ bo‘ladi, Moskvada esa bu payt qosh qorayishni boshlaydi, demak rossiyaliklar taxminan yarim kechasi uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi.

Umuman olganda, yagona soat mintaqasini faqatgina onlayn olamdagina tadbiq qilish mumkin.

Ommaviy yagona soat mintaqasini tashabbuskorlar 2018 yilning 1 yanvariga qadar yo‘lga qo‘ymoqchilar, ularning rejalari bo‘yicha o‘sha paytdan universal taqvim ham tadbiq etiladi, albatta, uni qabul qilishsa.

Bu taqvimning o‘ziga xosligi uning mo‘'tadilligidadir. Ya'ni, har yangi yil dushanba 1 yanvardan boshlanadi, uch oy (30 kun, 30 kun va 31 kun)lik uch faslga bo‘linadi va 364 kun davom etadi. Besh-olti yilda bir marta (2020, 2026, 2032, 2037, 2043, 2048 yillarda va h.k.) astronomik vaqt va taqvimdagi yillar bilan tafovutini o‘rnini bosish uchun bitta qo‘shimcha hafta qo‘shiladi.