Jahon | 22:37 / 16.02.2016
8257
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ukraina yuk mashinalari tranziti haqida kelishib oldilar

Rossiya va Ukraina o‘z yuk mashinalarini qaytarish bo‘yicha kelishib oldilar. "Uyga qaytyapman" tartibi 16 fevraldan 25 fevralgacha amal qiladi.

Ukraina infratuzilma vazirligi Rossiya hududidan Ukrainaga yuk mashinalarining hech qanday to‘siqlarsiz qaytarilishini kelishib oldi.

Buning evavziga Ukraina Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga qaytayotgan yu mashinalarning o‘z hududidan o‘tishiga imkon beradi.

"Rossiya hududida ushlab turilgan va Rossiyadan yoki Osiyo davlatlaridan Ukrainaga qaytayotgan 600 dan ortiq yuk mashinasi bu muddat ichida Ukrainaga bemalol yetib olishi mumkin. Xuddi shuningdek, Rossiyaning 600 ga yaqin mashinasi Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga qayta oladi. Ukraina Rossiya mashinalarining Rossiya yoki Belarus chegarasigacha kuzatib borishni ta'minlaydi", deyilmoqda xabarda.

Bundan avvval Ukraina o‘z hududidan Rossiya yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlab qo‘ygandi. O‘z navbatida Rossiya ham Ukrainaga nisbatan shunday choralar qo‘llagan.