Jamiyat | 17:32 / 18.02.2016
13594
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Ubaydullo Omon o‘zini buyuk sanaydigan yosh aktyorlarga achinishini aytdi

O‘zbek kino va teatr san'ati olamida o‘ziga xos o‘rni va qiyofasiga ega O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Ubaydulla Omon “Hordiq” nashriga bergan intervyusida bugungi o‘zbek kinosi, yaktyor va aktrisalar haqida ham fikr bildirdi.

Aktyor bugungi davr yoshlarining qarashlari va orzu-havaslari o‘zgacha ekani haqida gapirish asnosida “San'atkor bo‘lishga havasmandlar orasida kinoda atigi bittagina bosh rolni ijro etgani bilan kerilib, o‘zini buyuk sanaydiganlar ham yo‘q emas. Men ularga achinaman. Chunki buning bari ilmsizlikdan dalolat”, deydi.

Yosh ijodkorlar haqidagi fikrlarini davom ettirib, “mashhurlikning ortidan quvmay, yoshlarimiz ko‘p vaqtini kitob o‘qishga va aktyorlik mahoratini puxta o‘rganishga sarflashini istardim”, deya ta'kidlagan.

Shuningdek, suhbat davomida ikki nafar qizlari otasining kasbini davom ettirmagan bo‘lsa-da, aktyor ularning tanlagan kasbidan mamnun ekanini bildirgan.