Fan-texnika | 22:36 / 22.02.2016
5707
2 daqiqa o‘qiladi

Oppo kompaniyasi A30 smartfonini taqdim etdi

Oppo kompaniyasi Qualcomm va OS Android 5.1.1 Lollipop apparat platformalari asosida A30 smartfonini taqdim etdi.

Yangi qurilma Snapdragon 801 protsessoriga ega. Bu chip Krait 400 4ta hisoblash yadrolari (bunday holda ish chastotasi 2,3 GGts ni tashkil etadi) va Adreno 330 tezlatgichi bilan jihozlangan. Operativ xotira hajmi 3 Gbaytga teng.

Sensorli displey diagonali bo‘yicha 5 dyuym hajmga ega bo‘lib, 1920 × 1080 piksellar (Full HD formati)ga yetadi. Orqa tomon korpusida 13 megapikselli kamera mavjud. Selfi-tasvirlar va videoqo‘ng‘iroqlar uchun 8 megapikselli sensor bilan old kamera ishlaydi.

Qurilma 16 gigabaytli doimiy xotira, simsiz aloqani ta'minlovchi Wi-Fi 802.11n va Bluetooth 4.0, GPS/GLONASS navigatsion qabul qiluvchi datchiklar to‘plamiga ega.

2525 mA•ch sig‘imli akkumulyator batareyasidan quvvatlanadi. O‘lchamlari - 140 × 69 × 6,9 mm, og‘irligi — 138 grammni tashkil etadi. Mobil tarmoqlarda LTE 4-avlodini ko‘tara oladi. Qurilmaning narhi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.