Samsung kompaniyasi Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarini namoyish qildi
Samsung kompaniyasi Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarining taqdimotini o‘tkazdi. 5,1 dyuymli Galaxy S7 smartfoni dizayni avvalgi modeldan uncha farqlanmaydi: faqatgina barmoqlar izlari datchigi orqa kamera bo‘rtig‘i kabi yapasqiroq ishlangan. Galaxy S7 Edge smartfoni iPhone 6s Plus kabi 5,5 dyuymli ekran olgan hamda orqa qopqoq burchaklari dumaloqlangan. The Verge nashri mualliflarining aytishicha, smartfonni qo‘lda ushlash qulayroq bo‘lgan.
Ikkala smartfon ham IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan, ya'ni ularni 1,5 metr chuqurlikda yarim soat ushlab turish mumkin. Portlar germetik ishlangan va tashqi qopqoqlarga ega emas; S7 va S7 Edge quvvatlanish uchun MicroUSB portidan foydalanadi.
S7 Edge’dan bir barmoq bilan foydalanish qulayroq bo‘lishi uchun Samsung o‘zining dasturiy qobig‘iga o‘ng tomondan svayp (barmoqni ekran bo‘yicha harakatlantirish) bilan chiqadigan yon menyu qo‘shdi. Bundan tashqari, ekran Always-On Display texnologiyasi bo‘yicha ishlaydi: unda blokdan chiqarish zaruratisiz hamisha tasvirlanib turadigan soat, taqvim yoki boshqa dasturni yoqish mumkin.