Jamiyat | 13:49 / 23.02.2016
10940
1 daqiqa o‘qiladi

12 bor sudlangan firibgar mashinafurush ayol ushlandi

Ayol kishi bo‘lsa-da, turli jinoyatlari sabab 12 bor sudlanishga ulgurgan chortoqlik ayol 3 yillik qamoq jazosini o‘tab qaytgach, yana bir jinoyatlarga qo‘l urdi.

“Postda” nashrining yozishicha, u bir jinoiy sherigi bilan avtomobillarini sotmoqchi bo‘lgan bir necha fuqarolarni soddaligidan foydalanib, chuv tushirgan.

Ulardan birinchi bo‘lib jabr chekkan Namangan tumanida yashovchi fuqaro bo‘ldi. U xotinini davolatish maqsadida mashinasini sotish uchun bozorga olib chiqqan. 28 million so‘mga kelishib, pulini uch kunda berishini aytib, mashinani olib ketishadi va Andijonlik fuqaroga 30 million so‘mga pullab yuborishadi.

Ma'lum bo‘lishicha, ikki firibgar bir yil ichida 20 nafar fuqaroning avtomashinasini aldov yo‘li bilan olib, sotib yuborgan.

Sud ularga nisbatan tegishli jazolarni tayinladi.