Sport | 21:26 / 23.02.2016
16876
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Beylni sotib yuborish uchun bahona topdi

«Real» o‘zining 26 yoshli yarimhimoyachisi Garet Beylni sotishi mumkin.

Madridliklar jamoasi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida uelslik bu futbolchisini ko‘p vaqtni jarohatlarini davolash uchun sarflab yuborayotgani tufayli sotib yuborish haqida o‘ylamoqda.

As nashri xabariga ko‘ra, joriy mavsumda Beyl jami o‘yin vaqtining 44 foizini maydonda o‘tkazgan (2880 daqiqa o‘rniga 1265 daqiqa). Jamoadagilar u Aren Robbenning qismatdoshiga aylanishi mumkinligidan tashvishlanishmoqda.

«Tottenhem»dan 100,7 million yevro (bunga 18 million yevrolik maosh qo‘shiladi) evaziga xarid qilinganidan buyon uning har bir o‘yini «Real»ga 750 ming yevroga tushgan.

2013 yildan beri Beyl maksimal o‘yin vaqti 13 ming 590 daqiqadan 8620 daqiqani maydonda o‘tkazgan, bu esa 63 foizlik o‘yin vaqtiga teng. Joriy mavsumda uning natijasi 44 foiz bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda 76 foiz, undan oldingisida, ya'ni birinchi mavsumida 61 foizga teng bo‘lgandi.