Fan-texnika | 12:16 / 24.02.2016
5502
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflarini pasaytirdi
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2016 yilning 17 fevralidan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 136,34 dollargacha pasaytirganini ma'lum qildi.
2016 yilda tariflar bungacha ham arzonlashtirilgan edi. 1 fevraldan narxlar 1 Mbit/s uchun 141,94 dollargacha arzonlashtirilgan.
2016 yil yanvarida internet-provayderlari uchun belgilangan narx 1 Mbit/s uchun 156,24 dollar edi.
Ma'lumot uchun, 2015 yilda tariflar 17 marta pasaytirilgandi. 2015 yilning yanvarida narx 1 Mbit/s uchun 259,29 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, dekabr oyiga kelib, 157,60 dollarni tashkil qildi.