Iqtisodiyot | 12:40 / 25.02.2016
7596
1 daqiqa o‘qiladi

"Vedomosti": Rossiya moliya vazirligi rubl kursiga ta'sir qilishga imkon beruvchi yangi qoida kiritishni taklif qildi

Rossiya moliya vazirligi rubl kursini shakllantirishga ta'sir qilishga imkon beruvchi yangi byudjyet qoidasini kiritishni taklif qildi, deb yozmoqda 2 nafar federal amaldor bergan ma'lumotga iqtibos keltirgan holda "Vedomosti" gazetasi.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, vazirlik tomonidan taklif qilingan mexanizm tasdiqlansa 2018 yildan keyin ishlay boshlaydi. Unga ko‘ra, neft narxi 50 dollardan oshsa, byudjyet zaxira jamg‘armasi yoki milliy farovonlik jamg‘armasiga pul jamg‘arishi, hukumat esa xorijiy aktivlarni sotib olishni boshlashi kerak. Agar neft narxi 50 dollardan pastroq bo‘lsa, valyuta rublni vaqtinchalik shoklardan himoya qilish uchun sotilishi kerak bo‘ladi.

Rossiya Markaziy bankida moliya vazirligining taklifi "muhokama qilinishi va aniqlashtirilishi" kerakligi aytildi.