Jahon | 17:56 / 26.02.2016
4677
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh chegaralarini pishloq bilan tenglashtirdi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vo qilayotgan Donald Tramp fikricha, mamlakat chegaralari shveysariyacha pishloqqa o‘xshaydi, chunki uning ko‘plab bo‘shliqlari orqali noqonuniy muhojirlar kirib oladilar.

“Kamida 11 million odam bu mamlakatga noqonuniy kirib olgan” , — bildirdi milliarder. U Meksika chegaralarini mustahkamlash haqida yana va'da berdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Shu o‘rinda u meksikaliklar uning g‘oyasini qanchalik tanqid qilsalar, chegara devori shu qadar balandlab borishini bildirdi. “Devor hozirgina o‘n funt (3,05 metr)ga o‘sdi”, -deydi u.

Bundan tashqari, Tramp uning chegara devorlarini qurish haqidagi g‘oyasini haqoratli so‘zlar bilan izohlagan Meksika sobiq prezidenti Visent Foksdan uzr so‘rashini talab qildi.

18 fevral kuni Rim Papasi Frantsisk ham Trampning AQSh va Meksika chegarasida devor qurilishi g‘oyasini “xristianlarga xos emas” deb qoralagandi. O‘z o‘rnida Tramp ham Frantsiskoning munosabatini “uyatli” deb atadi.

Agar u prezidentlikka saylansa, “buyuk devor” qurilishini boshlaydi, uning so‘zlariga ko‘ra, qurilishga yetti milliard dollar sarflanadi. Uning bo‘yi 35-40 fut (10-12 metr), uzunligi 1000 mil (1600 kilometr atrofida) bo‘ladi.

Tramp – AQSh dagi yirik qurilish kompaniyasi boshlig‘i, dunyo bo‘ylab tarqalgan mehmonxonalar va kazinolar tizimi egasi.