Sport | 01:01 / 28.02.2016
5801
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonovning biznes-hamkori "Everton" futbol klubining 49,9 foiz aksiyasini sotib oldi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning biznes-hamkori, eronlik tadbirkor Farhod Moshiriy Angliya Premer-ligasida ishtirok etuvchi Liverpulning "Everton" futbol jamoasining 49,9 foiz aksiyasini sotib oldi. Bu haqdagi xabar jamoaning saytida chop etildi. Kelishuv qiymati oshkor etilmagan.

Shuningdek, 27 fevralda Alisher Usmonov uning "Arsenal" jamosidagi ulushi 30 foizdan ko‘proqqa oshirilganini tasdiqladi. "Avval e'lon qilingan rejalarga ko‘ra, men Farhod Moshiriyga tegishli barcha aksiyalarni sotib oldim va shu tariqa "Arsenal"dagi ulushimni 30 foizdan ko‘proqqa oshirdim. Bu menga klubning 2-raqamli aksioneri bo‘lishimga imkon beradi", deb aytdi Usmonov.