Sport | 00:04 / 28.02.2016
10416
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu: Agar butun jamoa mening darajamda o‘ynaganda, "Real" birinchi o‘rinda ketayotgan bo‘lardi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 26-turida "Atletiko"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv "Atletiko" foydasiga 0:1 hisobida yakunlandi.

"Agar butun jamoa mening darajamda o‘ynaganda, biz birinchi bo‘lardik. Matbuot doimo men bo‘shashayotganimni aytadi, biroq raqam va statistika aldamaydi. Men boshqa o‘yinchilar yuqori darajada emas, deb aytmoqchi emasman. Xese, Kovachich, Lukas – juda yaxshi o‘yinchilar. Danilo esa bugun umuman eng yaxshi bo‘ldi. Sheriklarimni tanqid qilmoqchi emasman, biroq "Real"ga Benzema va Marselo kabi o‘yinchilar ko‘proq kerak. Menga Beyl bilan o‘ynash yoqadi, usiz bizga qiyinroq. Marselo bilan ham xuddi shu vaziyat. Bizda ko‘p jarohatlar bor, bu esa jamoa o‘yiniga ta'sir ko‘rsatadi. Bunday ko‘p jarohatlarning sababi nimada ekanligini bilmayman, balki bu yomon darajada o‘tkazilgan mavsumoldi tayyorgarligi natijasidir", deb Ronaldu aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Marca nashri.