Jahon | 08:11 / 29.02.2016
10461
1 daqiqa o‘qiladi

Yatsenyuk Ukrainaning 1 mln gektar yerini sotish lozimligini aytdi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk yer islohoti doirasida ochiq auksionda davlatga tegishli 1 mln gektar yerni sotish lozimligini aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.

"Yer islohotini davom ettirish lozim. Ochiq auksionda yashirin yoki korrupsiyalashgan oborotda bo‘lgan, davlatga tegishli bo‘lgan 1 mln gektar yerni sotish lozim, deb hisoblayman", deb aytdi Yatsenyuk.

Shuningdek, Ukraina vazirlar mahkamasiga 1 martgacha Ukrainada qishloq xo‘jaligi yerlari oborotini tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlash vazifasi yuklandi.