Jahon | 12:50 / 10.03.2016
7863
1 daqiqa o‘qiladi
Reuters: IShID yetakchilaridan biri ash-Shishaniy og‘ir jarohatlangan
IShIDning harbiy vaziri sifatida e'tirof etiladigan Abu Umar ash-Shishaniy tirik, lekin u qattiq jarohatlangan. Bu haqda Suriyadagi inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha markaz ma'lumotiga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Manbaning aytishicha, ash-Shishaniyning o‘limi haqidagi xabar xato. Ayni vaqtda u Raqqa shahridagi shifoxonada da'volanmoqda.
Qayd etilishicha, agentlik bu ma'lumotni tekshirmoqda.
8 mart kuni Pentagon IShID boshliqlaridan biri ash-Shishaniyning o‘limi haqida ma'lum qilgandi.
Ash-Shishaniyning haqiqiy ismi Tarxan Taimurazovich Batirashvili, laqabi Umar Chechen bo‘lgan. U millati bo‘yicha gruzin bo‘lib, IShID tuzilmasida ko‘plab yuqori lavozimlarni egallagan, jumladan urush vaziri bo‘lgan.