Jahon | 06:53 / 11.03.2016
4633
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: men Rossiya bilan jang qilishni yomon ko‘raman

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiyaning TRT World telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bilan jang qilishni yoqtirmasligini, biroq bosh qo‘mondon sifatida uning Ukrainani himoya qilish majburiyati borligini aytdi.

Bu haqda Poroshenko matbuot xizmati tvitterda ma'lum qildi.

"Men Rossiya bilan jang qilishni yoqtirmayman, biroq bosh qo‘mondon sifatida men Ukrainani himoya qilishga majburman", deb aytdi Poroshenko.

Poroshenko Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish va og‘ir qurol-aslahani ortga qaytarish bo‘yicha Minsk kelishuvlarini bajarmayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Uning aytishicha, Rossiya tajovuzi "ukrainaliklarning Yevropaga intilishini rag‘batlantirdi".

Avvalroq Poroshenko Ukraina bir yil ichida Lugansk va Donetsk viloyatlarini tinch yo‘l bilan qaytib olishini aytgandi.