Jamiyat | 12:41 / 12.03.2016
1653
1 daqiqa o‘qiladi

To‘qqiz yashar bola saratonga chalingan do‘stini davolatish uchun o‘z “boyligi”ni sotmoqda

AQShlik Bredi Keyl ismli to‘qqiz yashar bola beysbol jamoasida bir o‘ynovchi va saratonga chalinib qolgan do‘stining davolanishi uchun chin yurakdan mehnat qilmoqda. Bred do‘sti Lenden Peletinoning og‘ir dard bilan og‘riganini bilib qolgani hamono uni davolanishi uchun pul yig‘a boshladi.

— Menda o‘kplab beysbol kartochkalari bor va men ularni xayirli ishga sarflamoqchiman, — dedi Bredi.

Yosh sportchi bu kartochkalarni yillar davomida yig‘ib kelgan edi. Ularning ayrimlarida mashhur beysbolchilarning dastxati ham tushirilgan. U kolleksiyasidagi 500 dona kam uchrovchi kartochkani sotib, undan tushadigan 7000 dollarni do‘stining oilasiga berishni rejalashtirgan.

— Men o‘g‘limning qilayotgan ishidan juda hayratga tushdim. Bunga ishonish qiyin. Men uni qo‘llab-quvvatlayman, — dedi Bredining onasi Jesi Keyl.