O‘zbekiston | 11:59 / 14.03.2016
1798
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryoni taqsimlab olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston hukumati Sirdaryo orqali qozog‘istonlik fermerlarni yetarli miqdorda suv bilan ta'minlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda jurnalistlarga Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Baqitjan Sag‘itayev xabar qilgan.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 11 mart kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan ikki taraflama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya majlisida Sirdaryo suvini taqsimlash masalasi muhokama qilindi.

"Har yili vegetatsiya davrida Janubiy Qozog‘istonda, ayniqsa, Maqtaorol tumanida, yetarli miqdorda suv bilan ta'minlanish muammosi ko‘tariladi. Shu kunlarda O‘zbekiston tomon Qozog‘iston yetarli miqdorda suv bilan ta'minlanishini tasdiqladi. Biz shunga kelishib oldik. Bu bizga umid bag‘ishladi, shu bois, Janubiy Qozog‘istondagi fermerlar vegetatsiya davrida o‘zlariga kerakli miqdorda suv bilan ta'minlanadi, deya olamiz”, — deydi Sag‘intayev.