Jahon | 06:46 / 16.03.2016
1964
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Xitoyning baliq ovlovchi kemasini cho‘ktirib yubordi

Argentina sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Xitoyning baliq ovlovchi kemasini Janubiy Atlantika suvlarida Argentinaga tegishli iqtisodiy hududda noqonuniy ravishda baliq ovlashini to‘xtatishga urinish vaqtida cho‘ktirib yubordi. Bu haqda qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Migel Anxel Reyyes ma'lum qildi. 

Chegarachilar kemani 13 mart kechki payt aniqlashgan. U bilan yana ikkita qoidabuzar kema bo‘lgan. Ularning barchasi Argentina iqtisodiy hududiga 5 km ichkariga kirib ketishgan. Chegarachilar kemaga ogohlantiruvchi tovush va vizual signallar berishgan. Biroq shxuna to‘xtash haqidagi barcha ogohlantirishlarni rad qilib, xalqaro suv hududlariga ketishga qaror qilgan. Chegarachilar uni taqib qilishga harakat qilgan. Ikkita qolgan kema qochishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, xitoy shxunasi chegara xizmati kemasi bilan to‘qnashishga harakat qilgan, shundan keyin chegarachilar unga o‘q uzishgan. Shxuna olingan shikastlardan keyin cho‘kib ketgan. Shxuna nomi “Lu Yan Yuan Yuy 010” bo‘lgan. Barcha qoidabuzar baliqchilar argentinalik chegarachilar tomonidan qutqarib qolingan. Endi ular Argentina sudi oldida qonunni buzganlari va mamlakatning suv hududlarida baliq ovlaganlari uchun javob berishlariga to‘g‘ri keladi.