O‘zbekiston | 21:04 / 17.03.2016
2913
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘yilgan maxsus bojni bekor qildi

Xalqaro savdo-sotiq bo‘yicha Ukraina mahkamalararo komissiyasi O‘zbekistondan import qilinadigan avtomobillarga qo‘yilgan maxsus bojni bekor qildi. Bu haqda payshanba kuni «Uryadoviy kurer» («Hukumat kureri») gazetasiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar qildi.

Avtomobillar bojxona narxining (kodlari UTK TIF 8703 21 10 00, 8703 22 10 00 va 8703 23 19 10) 12,12 foiz miqdoridagi maxsus boj o‘tgan yilning 5 dekabrida joriy etilgan edi.

Fevral oyida O‘zbekiston Ukrainadan kirib kelayotgan mahsulotlarga nisbatan 1 iyulda tatbiq etilgan qo‘shimcha import yig‘imini bekor qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.