Jamiyat | 15:18 / 18.03.2016
1924
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidentining Pokistonga tashrifi chog‘ida sakkizta hujjat imzolandi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Pokiston Islom Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat aro sakkizta hujjat imzolandi.

Turkmaniston tashqi ishlari Vazirligi va Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2016-2017 yillar uchun hamkorlik dasturi;

Turkmaniston moliya Vazirligi va Pokiston Islom Respublikasining moliyaviy nazorat Xizmati o‘rtasida jinoiy yo‘llar bilan topilgan mablag‘larni qonuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq moliyaviy ma'lumotlar almashinish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

Turkmaniston neft va gaz Vazirligi hamda Pokiston Islom Respublikasining neftegaz va tabiiy zaxiralari Vazirligi o‘rtasida yoqilg‘i-energetika sohasida hamkorlikning kelgusi rivojlanishi to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universiteti va Pokiston Islom Respublikasining zamonaviy tillar Milliy universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi;

Turkmaniston ijtimoiy fanlar va taraqqiyot universiteti hamda Pokiston Islom Respublikasining tinchlik va diplomatik bilimlar Instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;

Turkmaniston tashqi ishlar Vazirligining xalqaro aloqalar Instituti hamda Pokiston Islom Respublikasining tinchlik va diplomatik bilimlar Instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;

Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda Pokiston Islom Respublikasi COMSATS informatsion texnologiyalar instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;

Turkmaniston tashqi ishlar Vazirligining xalqaro aloqalar Instituti hamda Pokiston Islom Respublikasi COMSATS informatsion texnologiyalar institutining siyosatshunoslik Markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi.