Fan-texnika | 14:54 / 19.03.2016
3265
5 daqiqa o‘qiladi

Panasonic Convention 2016 ko‘rgazmasidan lavhalar

Yevropada har yili qish so‘nggi, bahor boshida o‘zida taqdimotlar, anjumanlar va ko‘rgazmalarni qamrab olgan Panasonic Convention tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbir Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasining kelajakdagi mahsulot va rejalariga bag‘ishlangan bo‘lib, hamkorlar va OAV hodimlari uchun o‘tkaziladi. Fevral oxirida Frankfurtda o‘tkazilgan Panasonic Convention 2016da “Vesti.Hi-tech” nashri vakillari ham ishtirok etib, yapon elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasining yangiliklari bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, korporatsiyaning top-menejyerlari – kompaniyaning Yevropadagi rahbari Loran Abadi va Rossiyadagi bosh direktori Dzyuniti Sudzuki bilan suhbat qurishdi.

Televizor va pleyrlar

Panasonic Convention 2016 ko‘rgazmasining asosiy eksponati – shubhasiz, VIERA televizorlarining yangi modellari bo‘ldi. So‘nggi yillarda, kompaniya, asosan, o‘zini premium mahsulotlar ishlab chiqarishga harakat qilmoqda va 4K Ultra HDni ko‘tara oluvchi – DX indeksli top-modellarga e'tiborini qaratmoqda.

DX900 flagmanlari — UHD Alliance assotsiatsiyasi tomonidan Ultra HD Premium sertifikatsiyasini olgan birinchi Panasonic televizorlari. Qurilma maksimal aniq rangli uzatishni ta'minlovchi Studio Master HSX+ videoprotsessori bilan jihozlangan. VIERA DX902ning top 68 dyuymli modeli narxi 4500 dollarni tashkil etadi.

Biroz arzonroq narxdagi VIERA DX800 televizori – 50 yoki 58 dyuymli ekran diagonaliga ega bo‘lib, flagman kabi kengaytirilgan dinamik diapazonda filmlarni namoyish etuvchi HDR texnalogiyasini ko‘tara oladi. Unda aniq ranglarni uzatishni Studio Master HSX protsessori ta'minlab beradi. 800-seriyaning ajralib turuvchi jihati – uning dizaynida: televizorni an'anaviy stendlar o‘rniga yon tomonda uchburchak tirgaklar ushlab turadi.

Frankfurtda yangi texnologiyalar ostida yaratilgan televizorlar bilan bir qatorda 4K Ultra HD Blu-ray optik diskli UB900 pleyri ham namoyish etildi. Narxi 850 dollar qiymatida baholangan qurilma DX900 televizorlari kabi Panasonic’ning aynan o‘sha “gollivud laboratoriyasi”da ishlab chiqildi.

Fotoapparat va videokamera

Yaponiya kompaniyasining eng yangi fotoapparati — Panasonic Lumix TZ100 kompakti bo‘ldi. Cho‘ntak kamerada 1 dyuymli “kattalar” sensori va 10 karra yaqinlashtiriluvchi obektivga ega. Xaridorlarni 4K-videoni tasvirga olish imkoniyati, olinib bo‘lingan suratlarda fokus nuqtasini almashtirish funksiyasi qiziqtirishi kerak. Bu kameraning o‘zida 4K orqali olingan qisqa video ichidan eng yaxshi kadrni tanlab, uni 8 megapikselli fotosurat ko‘rinishida saqlashga qulaylik yaratadi. Kamera Amerikada emas, Yaponiyaning o‘zida ishlab chiqariladi. Yevropa bozorlarida apreldan boshlab sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.

Audiotexnika

Ko‘rgazmada ovoz apparatlari doirasidagi eng qiziqarli anons — ALL Connected Audio tarmoqli audioqurilmalarining namoyishi bo‘ldi. IPX7 standartlari bo‘yicha sertifikatsiyaga ega suvga chidamli (uni xatto dush qabul qilish xonasiga ham olib kirsa bo‘ladi) SC-ALL05, SC-ALL7CD kolonkalarida kompakt-disklarni ko‘tara oluvchi (undan musiqalarni ko‘chirishga mo‘ljallangan xotiraga ega) 6 soatga yetadigan batareya joylashgan. Shuningdek, simsiz 5.1 tizimli uy kinoteatrlarida foydalansa bo‘ladigan 80 vattli SC-ALL9 2.1 kolonka va 40 vattli SC-ALL9 kolonka ham namoyish etildi.

“Aqlli uy” va “Internet jihozlari”


Panasonic Convention ko‘rgazmasining eng e'tiborli qismi “aqlli uy” va “internet jihozlari”ga bag‘ishlandi. Ulardan biri – Aquarea issiqlik nasosidir. Bu tizim atrofdagi havoni ilitib beruvchi manba hisoblanib, maishiy isitkichlar uchun suvni isitib beradi. Elektron isitkichlarga nisbatan isitish va issiq suv uchun ketadigan xarajatlarni 80 foizgacha tejaydigan Aquarea-20 darajali Tselsiy haroratida ham faol ishlaydi. Yoz kunlarida esa mazkur issiqlik nasosidan xona havosini salqinlatishda ham foydalanish mumkin.

Shuningdek, Panasonic “internet jihozlari” nomi ostida elektron bozorga uy havfsizligi va kuzatuvi uchun zarur bo‘lgan yangi mahsulotlarni ham namoyish etdi. “Panasonic Smart Home & Allianz Assist” yangi hizmatidan foydalanish uchun datchik va kameralarga oyiga 10 yevro to‘lab, uylarni monitoring qilish mumkin. Agar kimdir uyga bostirib kirmohchi bo‘lsa, darhol uy egasining smartfoniga favqulotda holat haqidagi xabar boradi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida signal politsiyaga arz qilishiga yordam beruvchi Allianz pultlariga yetib boradi.