Jahon | 00:23 / 20.03.2016
1627
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi portlashda 6 davlat fuqarolari halok bo‘ldi

Istanbuldagi teraktda 6 davlat fuqarolari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida, shuningdek, Isroilning 6 fuqarosi, Irlandiyaning 2 fuqarosi, Germaniya, Islandiya, Eron va BAAning bittadan fuqarosi jarohat olgan.

Istanbul markazidagi gavjum ko‘chalardan birida terrorchi-xudkush amalga oshirgan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi jarohat oldi.