Fan-texnika | 14:10 / 21.03.2016
5027
1 daqiqa o‘qiladi
Auktsionda jahondagi eng kichkina avtomobil sotildi
1964 yilda ishlab chiqarilgan uch g‘ildirakli Peel P50 avtomobili Sotheby’s auksionida sotildi, deb xabar bermoqda "Avtoblog".
Avtomobilni xarid qilgan kimsa ismini sir tutdi va mashina uchun 176 ming dollar pul to‘ladi. Shuni alohida aytish kerakki, mashinaning sotilgan narxi dastlabki narxidan 30 baravar arzon baholangan edi.
Peel P50 modeli cheklangan miqdorda chiqarilgan. Undan 50 ekzemplyar bor xolos. Bizning davrimizga kelib uning 26 tasi saqlanib qolgan. Mashina yer yuzidagi eng kichik avtomobil sifatida “Ginness rekordlari kitobi”ga kiritilgan.