Fan-texnika | 14:03 / 21.03.2016
2816
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek avtosi Ukraina bozoridagi eng arzon xorij avtomobili deb topildi

Ukrainalik avtodilerlar milliy bozorni o‘rganib chiqishdi va mamlakatdagi eng arzon xorij avtomobili nomini ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda "Avtoblog".

Ukraina avtomobil bozoridagi eng arzon xorij mashinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Daewoo Matiz avtomobili deb topildi. O‘tgan yilning yakunida ushbu mashinaning narxi mamlakat ichki bozorida 150 ming grn deb belgilangan.

Yaqin kunlarda o‘zbek avtomobillari importidan olib tashlangan qo‘shimcha bojlarni hisobga olib, bu narxning ham pasayishini bashorat qilishmoqda.