Jahon | 09:23 / 23.03.2016
1887
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilarga qarshi nafrat bildirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari terrorchilarga nafratlarini Bryusselning bosh diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan "Yozilayotgan bola" haykalchasi orqali bildirmoqdalar.

Tvitterda haykalchadagi bola Kalashnikov avtomati, dinamit va "terrorchilik" so‘zi ustidan yozilib, ularni "yo‘q qilayotgani" tasviri paydo bo‘ldi.

Newsweek nashrining xabar berishicha, komikslardagi o‘ylab topilgan belgiyalik muxbir – Tintin tvitlari va tasvirlari ham ommalashib ketdi.

Tintinning rasmiy saytida hamjihatlik so‘zlari chop etildi. Belgiyaliklarga hamdardlik so‘zlari taniqli fransuz personaji Asteriks orqali ham bildirdi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur belgiya kartoshkasining fri ko‘rinishidagi terrorchilarga bildirilgan haqorotomuz imo-ishorali tasvirlari ham chop etildi.