O‘zbekiston | 21:13 / 23.03.2016
1875
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Bryusseldagi teraktlar munosabati bilan belgiyaliklarga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Belgiya qiroli Filippga ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan Brussel shahridagi terrorchilik harakatlari munosabati bilan maktub yo‘lladi.

"Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur hamdardlik bildirdi", deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 270 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

O‘zbekiston TIV: Bryusseldagi teraktlardan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q