Jahon | 18:16 / 23.03.2016
1723
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Moskvaga keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga tashrif buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Kerri tashrif davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Uning Moskvaga tashrifi 2 kun davom etadi. 24 mart, payshanba kuni Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Uchrashuvlarda Suriyadagi siyosiy inqiroz, Ukrainadagi vaziyat va Yaqin Sharqdagi holat, shuningdek xalqaro xavfsizlik muammolari yuzasidan muhokama o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

RIA Novosti muxbiri 21 mart kuni Gavanada Kerriga Moskvadagi uchrashuv yuzasidan yuzlanib, uchrashuvdan nima kutayotgani haqida savol berganida AQSh rasmiysi shunday javob bergandi: "Biz Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyat shuningdek, xavfsizlik masalalarini muhokama qilamiz".

Muzokaralar davomida o‘ziga xos mavzular muhokama qilinadimi degan savolga Kerri: “O‘ziga xos mavzular bisyor” deya javob qildi. Lekin u aynan qaysi mavzularni aytayotgani haqida to‘xtalib o‘tmagan.

Qayd etish kerakki, Kerri keyingi 1 yil ichida uchinchi marta Moskvaga kelmoqda. Uning Moskvaga oxirgi tashrifi 2015 yilning dekabrida yuz bergandi.

Kerri, shuningdek, Rossiya rahbariyati bilan “Minsk kelishuvlarining to‘liq amalga oshirilishi zarurligini” muhokama qilmoqchi. Shu tufayli Rossiya TIV Jon Kerrining bu tashrifi Rossiya-Amerika munosabatlarining normallashtirilishiga turtki bo‘lishiga umid bildirmoqda.

AQSh Davlat departamenti Jon Kerrining Moskvaga tashrifining aniq sanasini e'lon qildi

Kerri Putin bilan ko‘plab muhim masalalarni muhokama qilmoqchi