Jamiyat | 10:17 / 23.03.2016
2291
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston aholisi 24 martga o‘tar kechasi oy tutilishini kuzatishi mumkin
23 martdan 24 martga o‘tar kechasi yer aholisining ma'lum qismi oy tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Mazkur holatni yer sharining sharqiy qismi Ural, Sibir, Uzoq Sharq, shuningdek O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Olimlar oy limbasi ko‘rinishining o‘zgarishini tasvirga olish uchun fototexnikadan foydalanish mumkinligini tavsiya sifatida bildirishgan.
Mazkur unikal hodisaning davriyligi maksimum ikki soat davom etishi kutilmoqda. Yevropa va Afrika mintaqasida bu holat kuzatilmaydi.