Jamiyat | 10:20 / 24.03.2016
2000
1 daqiqa o‘qiladi
Meksikadan AQShgacha qazilgan maxfiy tunnel fosh bo‘ldi
Narkodilerlar birinchi marotaba AQSh hududidan Meksikada qurilgan yer osti tunneli tugaydigan qismida uy qurish uchun yer maydoni sotib olishgan.
Uzunligi o‘rtacha 300 metrli bu tunnel Meksikadagi restoranni Kaliforniyadagi uy bilan bog‘lar edi, deb xabar beradi CNN.
Tunnelni aniqlash bilan bog‘liq ish bo‘yicha to‘rt kishi hibsga olingan.
Tunnel – meksikalik narkotika olib sotuvchilari o‘rtasida narkotik vositalar yetkazishning mashhur usuli. Shunday tunnellardan biri orqali narkobaron Xoakin Gusman Loera turmadan qochib ketgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.