Jahon | 12:21 / 24.03.2016
1961
2 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘z muvaffaqiyatlari haqida gapirdi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zini Kuba, Eron, Afg‘oniston, Myanma bilan munosabatlarda muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydi. Bu haqda u Argentinaga tashrifi yakuniga bag‘ishlangan Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida ma'lum qildi.

Shu bilan birgalikda, Obama rejasidagi ko‘p ishlarni, xususan Yaqin Sharqda, amalga oshirolmaganini tan oldi.

Undan mamlakatga prezident bo‘lib saylanish oldidan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini qanchalik bajargani haqida so‘ralganda, u “Yuz foiz bajarildi deb aytolmayman, lekin ko‘p ishlarni amalga oshirdik”, deb javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda hukumatning boshqa bo‘limlari bilan batartib va konstruktiv natijaga erisholmagan bo‘lsa-da, u avvalo ichki siyosat yuritishda yaxshi natijalarga erishganini nazarda tutgan.

Suhbat davomida Obama davlat prezidentliga kurash olib borayotgan paytida Amerika xalqining qadriyatlari, iqtidori va fazilatlarini to‘liq namoyon qila olishiga umid qilganini bildirdi.

Shuningdek prezident Kuba, Eron, Afg‘oniston, Mnmada erishilgan yutuqlarni ham sanab o‘tdi.

Obama uning ma'muriyati amalga oshirgan ishlar “Amerikani va, uningcha, butun dunyoni kuchliroq va yaxshiroq qila olgan”iga ishonadi. Shuningdek, u o‘ziga “halol va samimiy” deb baho bera olishidan mamnunligini izhor qildi. “Men o‘zim ishonmagan narsalar haqida gapirmadim va yuzimni shuvut qiladigan ishlar qilmadim”, - dedi Barak Obama.