Sport | 08:36 / 24.03.2016
1774
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA 2018 yilda YeChL formatini jiddiy ravishda o‘zgartirmoqchi

UYeFA rahbariyati Yevropa chempionlar ligasining o‘tkazilish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar qilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biriga ko‘ra, 2018 yilda turnirda ishtirok etuvchi jamoalar soni hozirgi 32tadan 16tagacha tushirilishi va guruhlar soni 8tadan 2taga kamaytirilishi mumkin.

Bu holatda, YeChLning guruh bosqichida ko‘proq o‘yinlar o‘tkaziladi va kuchli jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlari soni ortadi. Guruh bosqichining davom etish davri uzayib, bu bosqich hozirgidek dekabrda emas, Yangi yildan keyin yakunlanadi.

UYeFAdagilar hisoblashicha, bunday o‘zgarishlar turnirga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi va teletranslyatsiyalar huquqini sotish hamda homiylik shartnomalaridan keladigan daromad ko‘payadi. O‘zgarishlar 2017-2018 yillar mavsumidan keyin joriy qilinishi mumkin.