O‘zbekiston | 14:23 / 07.04.2016
4370
5 daqiqa o‘qiladi

“Mercedes Benz” rusumidagi avtoambulanslarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Har qanday millatning asosiy boyligi – onalar va bolalar salomatligidar. Shunday ekan, onalik va bolalikni muhofaza qilish millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobardir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan har bir yilga alohida nom berilib, o‘tgan har bir yil o‘z mazmun mohiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog‘lom va ma'naviy boy, intelektual salohiyatli yosh avlodni tarbiyalash borasida 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili”da ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi mustaqil jamoat tashkiloti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1993 yil 23 apreldagi Farmoniga binoan tashkil etilgan. Uning maqsadi va vazifalari jismonan baquvvat, ma'nan yetuk, ruhan tetik farzandlar tarbiyalashni ta'minlash, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishiga erishish, aholining sog‘lom turmush tarzini oshirishdan iboratdir.

Sizga ma'lumki, yurtimizda birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 22 fevraldagi 71-sonli Qarori bilan “Sog‘lom avlod uchun” fondi “Tibbiy-ijtimoiy patronaj” tizimi tashkil etilgan.

“Tibbiy-ijtimoiy patronaj” tizimi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tibbiy diagnostika texnikasi bilan jixozlangan “Avtoambulans”larda shifokorlar brigadalari mahallalarda, chekka qishloq va ovullarda faoliyat olib bormoqdalar.

Ayniqsa, ushbu tizim moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholining kengroq qatlamlarini qamrab olish maqsadida 2010 yilda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash - Doktor Li Jung Vuk jamg‘armasi tomonidan 215 ming AQSh dollari qiymatidagi “Hyundai” – Mobil klinikasini taqdim etilishi tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimida zamon talablariga mos samarali xizmat yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tizimni yanada mustahkamlash maqsadida, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi tomonidan 2012 yil va 2014 yillarda “Sog‘lom avlod uchun” fondiga 2 dona “Peugeot” rusumidagi avtoambulanslar tadim etilgan bo‘lsa 2013 yil Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash fondi KOFIH tomonidan “Hyunday H1” rusumidagi avtoambulanslar taqdim etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 avgustdagi 255-sonli “2015 - 2018 yillarda orolbo‘yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar kompleks dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari moddiy – texnika bazalarini mustahkamlash hamda ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 10 dona “Mercedes Benz” rusumidagi mobil klinikalar ajratildi.

Mazkur ajratilgan avtoambulanslar Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlari hududiy filiallari ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalariga 2016 yil 7 aprel kuni “Sog‘lom avlod uchun” fondi (Toshkent shahri Istiqbol ko‘chasi 15-uy, mo‘ljal: “Bahor” restorani) oldi qismida tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu avtoambulans kelajakda chekka hududlarda yashayotgan aholini tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmati bilan qamrab oladi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi mazkur loyihani amalga oshirishda hamkorlik qilgan davlat va jamoat tashkilotlariga hamda barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga o‘zining minnatdorchiligini bildiradi.