Sport | 15:45 / 08.04.2016
1763
2 daqiqa o‘qiladi

Agar «Real» YeChL yarim finaliga chiqa olmasa, Mourinoni ortga qaytarish harakatini boshlaydi

Madridning «Real» jamoasi YeChL chorak finali javob o‘yinida «Volfsburg»ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘llanma ola bilmasa, rahbariyat Joze Mourino bilan muzokaralarni boshlaydi, deb yozadi The Mirror nashri.

Manbaning bergan xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbariyati Rafael Benites iste'foga chiqarilishidan oldin portugaliyalik mutaxassis bilan muzokara olib borishga harakat qilgandi. Biroq o‘shanda rahbariyatning urinishlari foyda bermagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘shanda Mourino kelgusi mavsumda «MYu» boshqaruvini qo‘lga olishiga ishonib, «Real» bilan muzokaralar olib borishni ham istamagandi. Natijada Peres jamoaga Zinedin Zidanni taklif qilish variantini tanlagandi.

Eslatib o‘tamiz, YeChL chorak final dastlabki o‘yinida «Real» mehmonda «Volfsburg»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Javob o‘yini 12 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.