Jamiyat | 15:05 / 11.04.2016
27721
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Murod Rajabovning o‘limi haqida yolg‘on xabar tarqatildi

Bugun, 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabovning o‘limi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar ko‘plab muxlislarning xavotiriga sabab bo‘lgandi.

Kun.uz saytining aktyorga yaqin manbasidan olingan ma'lumotiga ko‘ra, bunday xabarlarning barchasi asossiz bo‘lib, ayni vaqtda Murod Rajabov soppa-sog‘ holatda.

Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram’dagi bir qancha guruhlar shu kabi mashhur kishilar hayotiga oid yolg‘on va to‘qib chiqarilgan ma'lumotlar tarqatish orqali o‘quvchi yig‘ishni odat qilgan. Jumladan, Alisher Uzoqov, Abdurayim Abduvahobov kabi aktyorlarning o‘limi haqida, shuningdek, san'at olamining yana bir qancha namoyondalari haqida yolg‘on-yashiq mish-mishlar tarqatildi.