Putindan cho‘kayotgan Poroshenko va Erdo‘g‘andan qaysi birini tanlashini so‘rashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat markaziy telekanallari va radiostansiyalar vositasida rossiyaliklar bilan o‘n to‘rtinchi bor jonli muloqot o‘tkazmoqda.
“Bevosita muloqot”ga bu yil 2,3 million murojaat kelib tushgan.
12 yoshli Varya Kuznetsova prezidentdan Ukraina prezidenti Poroshenko va Turkiya rahbari Erdo‘g‘an haqida so‘ragan.
"Agar Erdo‘g‘an va Poroshenko cho‘kayotgan bo‘lsa, qaysi birini birinchi bo‘lib qutqargan bo‘lardingiz?”, degan u.
Putin kulgan va Varya bu savoli bilan uni qiyin ahvolga solib qo‘yganini aytgan.
“Javobim bunday. Odam cho‘kishni ixtiyor qilgan bo‘lsa, uni qutqarishning imkoni yo‘q. Lekin kimdir bizdan hamkor sifatida yordam so‘rasa, hamisha qo‘limizni uzatishga tayyormiz”, — deya javob qaytardi Putin.
Putin savollardan biriga javob berarkan, Turkiyani Rossiyaning do‘sti deb bilishini aytgandi.