Jamiyat | 20:13 / 15.04.2016
4202
2 daqiqa o‘qiladi

FVV zilzila bo‘yicha o‘tkazayotgan tanlovi orqali smartfonli bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi

O‘zbekiston FVV va mamlakatdagi BMT Rivojlanish dasturi zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari bo‘yicha tanlov e'lon qildi. Bu haqda muassasa rasmiy saytida xabar berilgan.

"9 ballgacha bo‘lgan yer osti silkinishlari kuchini his etish va zilzila tabiati haqida bilimga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi", deyiladi xabarda.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
1) Quyidagi http://fvv.uz/uz-how-to-act14 havoladan o‘ting va zilzilagacha, zilzila vaqtida va undan keyin o‘zingizni qanday tutish qoidalari bilan tanishing;
2) 2016 yilning 20 aprel kuni soat 16:00gacha zilzila vaqtida uyda, ishxonada, maktabda, ko‘chada va boshqa sharoitlarda qanday harakat qilishingiz haqida bizga yozib yuboring. Xatti-harakatlaringiz namunasini, ma'lumotlaringizni (Familiya, ism, otangizni ismi,yashash manzili, aloqa telefoni) ko‘rsatgan holda, tanlov@fvv.uz elektron manziliga yo‘llang.

To‘g‘ri javob berganlar orasidan qur'a tashlash yo‘li bilan 20 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, ular:
A) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutining Zilzilalarni simulyatsiya qilish markaziga tashrif buyurishadi va u yerda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha ma'lumotlarga ega bo‘lishadi;
B) Ekspozitsiya bilan tanishadilar, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi va sayyoraning boshqa nuqtalarida yuz bergan boshqa yirik zilzilalar haqida ko‘plab qiziqarli ma'lumotlarni olishadi;
V) Maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli yer osti silkinishi kuchini his qilishadi;
G) Bosh sovrin – smartfon.

Zilzilalar tarixi olamiga maroqli sayohat qilishni xohlovchilardan xatlar 20 aprel kuni soat 16.00gacha qabul qilinadi.

21 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida tanlab olingan ishtirokchilar ro‘yxati joylashtiriladi.

23 aprel kuni mukofotlarni topshirish va ekskursiya bo‘lib o‘tadi.