Jahon | 10:40 / 15.04.2016
2120
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti qizi senatorlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi

Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning qizi Ozoda Rahmon Xalq deputatlarining sessiya majlisida muqobilsiz asos bilan parlament yuqori palatasi a'zoligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda Sputnik-Tojikiston nashri xabar tarqatdi.

29 may kuni mamlakatda parlament yuqori palatasi uchun muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda markaziy saylov komissiyasi tomonidan iste'foga chiqarilgan sobiq senator, prezident ijro etuvchi apparati rahbari Baxtiyora Xudoyorzoda o‘rniga prezident Emomali Rahmonning 38 yoshli qizi Ozoda Rahmon tayinlanadi. Ozoda shu kunga qadar Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Parlament yuqori palatasining 33 nafaridan 25 nafari yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qolgan sakkiz nafar a'zo Tojikiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.