O‘zbekiston | 17:48 / 20.04.2016
2644
2 daqiqa o‘qiladi

21 aprel ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Kechasi 8-10, kunduzi 21-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15,  kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8,  kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi.