Jahon | 07:20 / 21.04.2016
2012
1 daqiqa o‘qiladi
Obama va Saudiya qiroli Eronning "ig‘vogar harakatlarini" muhokama qilishdi
AQSh prezidenti Barak Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud Ar-Riyoddagi uchrashuvda Saudiya Arabistonining mintaqadagi asosiy raqibi – Eronning "ig‘vogar harakatlarini" muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.
"Prezident va qirol Eronning mintaqadagi ig‘vogar harakatlari yaratayotgan tahdidlarni muhokama qilishdi va mintaqaviy ixtiloflarni bostirish maqsadida keng yondashuv muhimligi fikriga kelishdi", deyilmoqda bayonotda.
Rahbarlar, shuningdek, mintaqaning barcha davlatlari uchrayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni muhokama qilishdi. Obama suhbat chog‘ida inson huquqlariga amal qilish masalasini ko‘tardi va bu masalaning AQSh uchun juda muhimligini ta'kidlab o‘tdi.