Fan-texnika | 01:40 / 26.04.2016
2574
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi Auto China 2016 ko‘rgazmasidan fotogalereya

Xitoy poytaxti Pekinda Auto China 2016 xalqaro avtosaloni ochildi. 220 ming kvadrat metr maydonda 14 ta davlat avtomobilsozlik kompaniyalarining mingdan ortiq avtomobillari taqdim qilingan.

Ko‘rgazma tashkilotchilarining baholashicha, bu yili "Innovatsiyalardan transformatsiyaga" shiori ostida o‘tayotgan motorshouga 800 mingdan ko‘proq, jumladan bir necha ming jurnalist tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ikki yilda bir marta o‘tkaziluvchi bu ko‘rgazmada 1600 stend namoyish qilingan. Tashrif buyuruvchilar 1179 ta avtomobilga baho bera oladilar. 112 ta avtomobil premerasi kutilmoqda, 47 ta kontsept-kar va 147 ta gibrid va yangi energiya manbalarida ishlovchi avtomobillar namoyish qilinadi.

Quyida ko‘rgazmaga qo‘yilgan avtomobillardan bir nechtasi suratlari keltirilgan.

Cowin Auto X3

Nissan IDS kontsept-kari

Faraday Future FFZERO1 kontsept-kari

BMW i8

Jaguar XFL

Volvo S90 intereri

Mercedes-Benz S500 eL

BAIC X35

Ford kontsept-kari

Tesla Model S intereri

Peugeot Fractal

Smart forfour va Smart fortwo BRABUS

Honda Avancier

Infinity QX Sport Inspiration kontsept-kari