O‘zbekiston | 10:29 / 27.04.2016
5706
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va O‘zbekiston muzokaralari davomida 5ta hujjat imzolandi

Moskvada 25-26 aprel kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi rasmiy delegatsiyalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida 5ta hujjat imzolandi. Bu haqda Rossiya prezidenti rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ular quyidagilar:

Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni uchinchi davlatga eksport qilish bo‘yicha kelishuv;

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi orasida 2016-2018 yillarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik Dasturi;

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2016-2017 yillarda o‘zaro hamkorlik Dasturi haqidagi shartnoma;

Rossiya Federatsiyasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘zaro tushunish Memorandumi;

“N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” va Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlik bo‘yicha shartnoma.