Sport | 15:33 / 28.04.2016
3270
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya bilan Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu bosqich o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ushbu nazorat uchrashuvi 10 iyun kuni, Toshkentda bo‘lib o‘tishi bo‘yicha kelishib olingan.

Avvalroq, Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik doirasida Avstriyada yig‘in o‘tkazishi va ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Kanadaga qarshi, 7 iyun kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyada bo‘ladigan jahon chempionati saralashining yakuniy bosqichi o‘yinlarini shu yilning 1 sentabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 

Manba: the-uff.com