O‘zbekiston | 16:22 / 29.04.2016
6052
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing-787 samolyotlari qatnovini 2016 yilning sentabridan boshlab yo‘lga qo‘yishi mumkin

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonga Boeing-787 Dreamliner rusumidagi ikki dona avialayner olib kelinadi.  Samolyotlar qatnovi 2016 yilning sentabridan boshlab yo‘lga qo‘yilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda, milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Hozirgi vaqtda samolyotni olib kelishga mas'ul bo‘lganlar bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Aviakompaniya shuningdek, «Boing-787» samolyoti uchun uchuvchilarni to‘plamoqda. 18 pilotdan iborat jamoa yozda Buyuk Britaniyaning Gatvik shahrida malaka oshirish uchun yuboriladi.

Aviakompaniya «Boing-787» rusumidagi samolyotlarni olib kelishi 2014 yilda ma'lum bo‘lgandi. Xarid qiymati taxminan 240 million dollarni tashkil qiladi.

Boeing-787 Dreamliner — ikki dvigatelli yo‘lovchi tashuvchi samolyot bo‘lib, AQShning Boeing Commercial Airplanes tomonidan ishlab chiqilgan. Unga 250 nafardan 330 nafargacha yo‘lovchi sig‘adi.