Xitoylik skuterchi boshqaruvi yo‘qotilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuvdan qochib qoldi
Internetda ikkita yuk mashinasi va skuterchi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi videosi paydo bo‘ldi. Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, voqea Xitoyning Nantun shahrida yuz bergan.
Videoda ehtimol boshqaruvi yo‘qotilgan qizil yuk mashinasi chiroq ustuniga kelib urilmaguncha uning oldida ketayotgan ko‘k avtomobilni qattiq itarayotgani va katta tezlikda yo‘lda ketayotganini ko‘rish mumkin. Katta fura yo‘lida skuterni boshqarayotgan erkak paydo bo‘ladi. Skuterchi u tomonga katta tezlikda kelayotgan mashinani ko‘rib, skuterini tashlab, oxirgi lahzada to‘qnashuvdan qochib qolishga muvaffaq bo‘ladi.
Mahalliy politsiyada ma'lum qilinishicha, avtofalokatga sirpanchiq yo‘l sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Voqea oqibatida ko‘k yuk mashinasi haydovchisi kichik jarohatlar oldi, YTHning qolgan ishtirokchilari jabrlanmagan.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024