Fan-texnika | 22:15 / 04.05.2016
6185
1 daqiqa o‘qiladi

Sony suratga olish imkoniyatiga ega kontakt linzaga patent oldi

Sony kompaniyasi video yozadigan va suratga oladigan maxsus linzaga patent oldi. Bu haqda Cnet nashri xabar bermoqda. 

Kompaniya foydalanuvchining ko‘z qisishi bilan boshqariladigan kontankt linzaga patennt oldi. Linzaga uning egasi ataylab yoki tabiiy holda ko‘z qisganini aniqlaydigan maxsus datchik o‘rnatilmoqchi. 

Suratga olish va fayllarni saqlashga rangdor parda atrofida joylashadigan maxsus qatlam javob beradi. Linza ko‘z soqqalarining harakatidan quvvatlanishi mumkin bo‘ladi. Ma'lumotni uzatishni simsiz aloqa moduli ta'minlaydi.

Mavzuga oid