O‘zbekiston | 15:52 / 04.05.2016
7322
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi daraxtzor barpo etildi

3 may kuniToshkent markazida yangi OGU daraxtzori yaratildi. Bu haqda Tabiat davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati ma'lumotiga asoslanib Sputnik xabar tarqatdi. 

“O‘zbekiston Neft va Gaz” Xalqaro ko‘rgazma va konferensiyaning 20 yilligi sharafiga tuya daraxtlari va qora archalarning yosh ko‘chatlari ekildi. 

Bu o‘simliklar katta shaharlar va sanoat hududlarining gaz bilan ifloslangan havosiga bardosh bera oladi, davolash xususiyatlariga ega. Hatto ushbu o‘simliklarning orasida shunchaki sayr qilish ham sog‘liqni mustahkamlashi isbotlangan. 

Yangi “OGU daraxtzori” Baynalminal ko‘chasi, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i yaqinidan joy oldi. 

“OGU daraxtzori” tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish va neft-gaz sohasining ekologik muvozanatini saqlashda mas'ul ekaniga misol bo‘la oladi. 

OGU xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasining rasmiy qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkaziladi. Tadbir xalqaro neft va gaz kompaniyalariga so‘nggi yutuqlar va ishlanmalarni namoyish etish uchun oliy darajadagi biznes-platformani taqdim etadi, shuningdek, yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchilarning uchrashuv joyi ham hisoblanadi. Keng ko‘rgazmali va ilmiy dastur uglevodorod xomashyosi bozorining asosiy masalalarini qamrab oladi. Xususan, ko‘rgazmaning "Lukoyl", SOCAR, Schlumberger, General Electric, Hyndai Engineering Cp. Ltd kabi ishtirokchilari innovatsion texnologiyalarga urg‘u beradilar. 

Xalqaro ekspertlarning ekologik mavzulardagi chiqishlari konferensiyada muhim o‘rin egallaydi. Konferentsiyaning birinchi spikerlari ro‘yxatida Yevrokomissiyaning energetika bo‘yicha raisi birinchi o‘rinbosari Marosh Shefchovish va Xalqaro gaz birlashmasi bosh kotibi Pol Rasmussen ham bor.